BIMT intellektual mulk sohasidagi axborotga kirishni osonlashtirish maqsadida global onlayn resursini ishga tushirmoqda
|
2010 yilning 1 iyunida BIMT WIPO GOLD – intellektual mulk (IM) bo’yicha global onlayn ma’lumot resursini ishga tushirdi. Resurs xizmatlari bepul amalga oshiriladi hamda IM sohasida ma’lumotlar va instrumentlarni qidirish uchun yaroqli keng axborot kollektsiyasiga tez va oson kirib borish imkonini beradi. Kollektsiya texnologiyalar, brendlar, namunalar, statistika, BIMT standartlari, IM sohasida tasniflash tizimlari, shuningdek ushbu sohaga oid qonunlar va shartnomalarga tegishli axborotlarni qamrab oladi.
«WIPO GOLDning ishga tushirilishi BIMTning asosiy strategik maqsadlaridan biri – IM sohasidagi axborot va tahliliy ma’lumotlarning butunjahon manbai sifatida xizmat qilish maqsadini amalga oshirish yo’lida qo’yilgan muhim qadamlardan biri bo’ldi”, - deb ta’kidladi BIMTning bosh direktori Frensis Garri. “WIPO GOLD portali, - deb qo’shib qo’ydi u gapining davomida, - bu qudratli, tezkor va rivojlanib borayotgan axborot quroli bo’lib, u kelgusida ham rivojlanib va takomillashib boradi”.
BIMT bilimlardagi global uzilishni qisqartirish va bunga IM sohasidagi axborotni global darajada erkin ayirboshlash va undan erkin foydalanishga ko’maklashish yo’li bilan erishish tarafdoridir. Masalan, patent hujjatlarida mujassamlangan texnik axborotni e’lon qilish doirasi nihoyatda cheklangan, ko’p ma’lumotlar esa umuman hech qaerda e’lon qilinmaydi. SHuning uchun patent hujjatlari bilimga asoslangan hozirgi jamiyatida favqulotda qimmatli manbani tashkil etadi.
Qudratli ma’lumotlar bazalari, xususan BIMTning PATENTSCOPE® qidiruv xizmati RST protsedurasi bo’yicha topshirilgan 1,7 mln dan ortiq xalqaro patent talabnomalariga tegishli ma’lumotlar bo’yicha, shuningdek soni o’sib borayotgan boshqa mamlakatlarning patent ma’lumotlari kollektsiyalari bo’yicha bepul va yuqori sifatli qidiruvlarni amalga oshirish imkonini beradi.
|