Yosh olimlar va tadqiqotchilarni qo’llab-quvvatlashning iqtisodiy mexanizmlarini kuchaytirishga qaratilgan huquqiy asoslarni takomillashtirish yo’llari
|
2010 yilning 21 iyun kuni O’zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasining vakili “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining Markaziy kengashida “Barkamol avlod yili” tadbirlari doirasida o’tkazilgan “YOsh olimlar va tadqiqotchilarni qo’llab-quvvatlashning iqtisodiy mexanizmlarini kuchaytirishga qaratilgan huquqiy asoslarni takomillashtirish yo’llari” mavzuidagi seminarda qatnashdi. Seminar O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining byudjet va iqtisodiy islohotlar qumitasi hamda fan, ta’lim, madaniyat va sport qumitasi tomonidan tashkil etildi.
Seminar ishida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, bolalar va o’smirlar manfaatlari va huquqlarini himoya qilish, ularning barkamol rivojlanishlarining huquqiy asoslarini mustahkamlashga qaratilgan amaldagi qonunchilik va normativ aktlarga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish, ilm-fanni yanada rivojlantirish bo’yicha chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish, ilmiy faoliyatga iste’dodli, iqtidorli yoshlarni jalb qilish uchun tegishli shart-sharoitlarni yaratish, yoshlarga o’z ijodiy va intellektual potentsialini amalga oshirishda yordam berish masalalari ko’rib chiqildi.
Shuningdek seminarda fan, ta’lim va ishlab chiqarishning real integrasiyasini, milliy innovasion tizimning tezkor rivojlanishini ta’minlash maqsadida bu sohadagi qonunchilik aktlarini yanada takomillashtirish va ularning hozirgi zamon talablari va standartlariga javob berishiga erishish, ilmiy va innovasion faoliyatni boshqaruvchi qonunchilik aktlariga zarur o’zgartish va qo’shimchalarni kiritish, shuningdek intellektual mulk himoyasini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadigan masalalar ekani ta’kidlab o’tildi.
Seminar ishida senatorlar, vazirliklar va idoralar, oliy o’quv muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
|