Íîâîñòè

“Davlat byudjeti mablag’lari hisobiga yaratilgan intellektual mulk ob’ektlariga egalik qilish huquqining muammoli masalalari” mavzuida ishchi yig’ilish

                2010 yilning 12 avgustida Texnologiyalar transferi agentligida “Davlat byudjeti mablag’lari hisobiga yaratilgan intellektual mulk ob’ektlariga egalik qilish huquqining muammoli masalalari” mavzuida ishchi yig’ilish bo’lib o’tdi. Ishchi yig’ilish ishida Patent idorasi direktori B.A.Amonov qatnashdi va IMOdan foydalanish mexanizmlarini takomillashtirish masalalari bo’yicha takliflar kiritdi.
        Bunday yondoshuvni amalga oshirishning birinchi navbatdagi vazifalariquyidagilardan iborat:
        - sanoat mulkini ishlab chiqish, muhofaza qilish va undan foydalanish bo’yicha idoralararo komissiyani tashkil etish va uning asosiy maqsadi qilib vazirliklar, idoralar va boshqa manfaatdor tashkilotlarning ilmiy-texnika faoliyati natijalarini xo’jalik muomalasiga jalb etish bo’yicha davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirishga oid intilishlarini muvofiqlashtirishdan iborat deb belgilash;
        - davlat byudjeti mablag’larini jalb etgan holda yaratilgan ilmiy-texnika faoliyati natijalarini xo’jalik muomalasiga joriy etish uchun normativ-huquqiy va metodik hujjatlar rejasini ishlab chiqish va ularning bajarilishini tezlashtirish;
        - davlat byudjeti mablag’larini jalb etgan holda yaratilgan ilmiy-texnika faoliyati natijalarini chet elda patentlash uchun ularni tanlab olish bo’yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqish;
        - soliq qonunchiligida ixtirochilikni va innovasion jarayonlar rivojini rag’batlantirishni ko’zda tutgan, milliy iqtisodiyot sohalarida milliy ixtirolar va sanoat namunaliridan birinchi navbatda foydalanishni qo’llab-quvvatlaydigan, shuningdek davlat byudjeti mablag’laridan foydalanib erishilgan intellektual mulk ob’ektlariga nisbatan mualliflar, ishlab chiquvchi tashkilotlar va davlat buyurtmachisining manfaatlari balansini ta’minlaydigan soliq imtiyozlarini tiklash to’g’risidagi masalani ko’rib chiqish;
       - normativ-huquqiy bazani yaratish bo’yicha ishlanmalarning maqsadli moliyalanishini ta’minlash;
       - intellektual mulk ob’ektlarini milliy tijoratlashtirish tizimini yaratish, iqtisodiyotning ushbu yo’nalishiga xizmat ko’rsatadigan ixtisoslashgan kompaniyalar tarmog’ini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni ta’minlash.

<<...Âåðíóòüñÿ â ðàçäåë íîâîñòåé