Ta’lim, sog’liqni saqlash, ijtimoiy himoya axborot tizimlari va telekommunikasiyalar masalalari bo’yicha Kompleks korxonalarining Kooperasiya birjasi va Soha sanoat yarmarkasi
|
2010 yil 28 iyunda “O’zekspomarkazda” soha sanoat yarmarkasi va Ta’lim, sog’liqni saqlash, ijtimoiy himoya axborot tizimlari va telekommunikasiyalar masalalari bo’yicha Kompleks korxonalarining Kooperasiya birjasi o’z ishini boshladi. Ushbu tadbir O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kooperasiya birjasining Xalqaro sanoat yarmarkasini 2010 yilda tashkil etish va o’tkazish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2010 yil 16 aprel VMQ-72-son qaroriga muvofiq o’tkazilayotgan ko’rgazmaga oid tadbirlarning birinchi bosqichi doirasida tashkil etildi.
Yarmarkada vazirliklar hamda Ta’lim, sog’liqni saqlash va ijtimoiy himoya kompleksi va Axborot texnologiyalari va telekommunikasiyalar kompleksi qatnashmoqdalar. O’zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasining xodimlari ham sanoat yarmarkasini borib ko’rdilar. YArmarkada O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Ilmiy-texnika va marketing tadqiqotlari markazi "UNICON.UZ" va «Telmax Elektronics» MCHJ korxonalari o’z stendlarini namoyish etdilar.
2010 yilning 30 iyunigacha davom etadigan Soha sanoat yarmarkasi va Ta’lim, sog’liqni saqlash, ijtimoiy himoya axborot tizimlari va telekommunikasiyalar masalalari bo’yicha Kompleks korxonalarining Kooperasiya birjasida qatnashish nafaqat axborot-kommunikasiya texnologiyalari sohasida, balki iqtisodiyot, sanoat va ta’lim sohalarida faoliyat ko’rsatayotgan olimlar va mutaxassislar o’rtasida ham innovasion loyihalarni keng yoyish imkonini beradi.
|