Новости

Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperasiya birjasi

        Tashkentda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kooperasiya birjasining Xalqaro sanoat yarmarkasini 2010 yilda tashkil etish va o’tkazish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2010 yil 16 aprel VMQ-72-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan 2010 yildagi Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperasiya birjasining birinchi bosqichi davom etmoqda. Hujjatga muvofiq, Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperasiya birjasi “O’zekspomarkaz” AJ ko’rgazma maydonlarida ikki bosqichda o’tkaziladi.
      Soha sanoat yarmarkalarining birinchi bosqichi o’z ishini 2010 yilning 1 iyunidan 8 iyuligacha olib boradi, Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperasiya birjasining birinchi bosqichi esa 2010 yilning 26-30 oktyabri gacha bo’lib o’tadi.
      Respublika sanoatiga tegishli barcha sohalarning ishlab chiqarish potentsiali namoyish etilayotgan yarmarka va kooperasiya birjasining etakchi maqsadlari – ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar to’g’risida keng axborot berish, milliy vachet ellik ishlab chiqaruvchilar o’rtasida samarali sherikchilik aloqalarini o’rnatish va rivojlantirish, soha ichida va sohalararo kooperasiyani yanada rivojlantirish, shuningdek ishlab chiqarilayotgan mahsulot assortimentini oshirish va kengaytirish, milliy ishlab chiqaruvchilarga o’zi ishlab chiqargan mahsulotni etkazib berish uchun sheriklar qidirish va xo’jalik shartnomalarini tuzishda yordam berish.
      Soha sanoat yarmarkalarida qatnashish uchun respublikadagi etakchi ishlab chiqarish birlashmalarining korxonalari, kichik biznes korxonalari, chet ellik sheriklar jalb etildi. Soha sanoat yarmarkasiga tashrif buyurganlarga sohalar va korxonalar taqdimotlarida qatnashish, ularning texnik va texnologik imkoniyatlari bilan yaqindan tanishish va ishlab chiqarish sohasidagi tajribalar va yutuqlar bilan o’rtoqlashish imkoniyati berilgan.     

 

 

 

<<...Вернуться в раздел новостей