Manzilimiz: 100047, Toshkent,
To‘y-tepa ko‘chasi, 2à
Tel.: (998 71) 232-00-13
Fax: (998 71) 233-45-56
E-mail: info@patent.uz
 
   Info
  
O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining
2002 yil 14 iyundagi
209-son qarori bilan
Tasdiqlangan
O‘zbekiston Respublikasi Davlat Patent Idorasi to‘g‘risida

NIZOM

Mazkur Nizomga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 07.05.2008 y.
89-sonvaO‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 05.06.2010 y.
108-son qarorlariga muvofiqo’zgartirishlar kiritilgan

I.UMUMIY QOIDALAR 

 

1. Mazkur Nizom «Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida», «Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovarlar kelib chiqishi joylarining nomlari to‘g‘risida», «Seleksiya yutuqlari to‘g‘risida», «Elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalarini huquqiy muhofaza qilish to‘g‘risida» va «Integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasining (keyingi o‘rinlarda - Patent idorasi deb ataladi) asosiy vazifalari, funksiyalari va vakolatlarini belgilaydi.

2. Patent idorasi sanoat mulkini, shu jumladan ixtirolarga, sanoat namunalariga, foydali modellarga, tovar belgilariga, xizmat ko‘rsatish belgilariga va tovarlar kelib chiqishi joylarining nomlariga (keyingi o‘rinlarda - sanoat mulki obyektlariga) huquqlarni muhofaza qilish sohasida, shuningdek seleksiya yutuqlarini, elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlarni (keyingi o‘rinlarda - EHM uchun dasturlar deb ataladi), ma’lumotlar bazalarini va integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish borasida yagona davlat siyosatini shakllantirish va ro‘yobga chiqarishda ishtirok etuvchi vakolatli davlat organi hisoblanadi.

Patent idorasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi

3. Patent idorasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbe­kiston Respublikasi qonunlariga va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining boshqa qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyish­lariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, xalqaro shartnomalarga (bitimlarga), shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.

4. Patent idorasi yuridik  shaxc hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga, boshqa zarur muhr va shtamplarga, bank muassasalarida hisob-kitob va boshqa hisob raqamlariga ega bo‘ladi.

5. Patent idorasi o‘z faoliyatini davlat organlari, ixtirochilar va ratsionaliza­torlarning jamoat tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari, faoliyati intellektual mulk muhofazasi bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.

6. Patent idorasi xodimlariga fan sohasi va ilmiy muassasalar xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash shartlari tatbiq etiladi.

 

     II. PATENT IDORASINING ASOSIY VAZIFALARI  VA  FUNKSIYALARI

 

7. Quyidagilar Patent idorasining asosiy vazifalari hisoblanadi:

sanoat mulki obyektlarini, seleksiya yutuqlarini, EHM uchun dasturlarni, ma’lumotlar bazalarini, integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosatining ro‘yobga chiqarilishini ta’minlash;

sanoat mulki obyektlari, seleksiya yutuqlari, EHM uchun dasturlar, ma’lumotlar bazalari, integral mikrosxemalar topologiyalariga huquqiy muhofaza xizmati ko‘rsatish;

rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilgan EHM uchun dasturlar, ma’lumotlar bazalari va integral mikrosxemalar topologiyalariga oid patent hujjatlarining davlat fondini va ma’lumotlar bankini shakllantirish;

O‘zbekiston Respublikasida ilmiy-texnika, badiiy-konstruktorlik va boshqa ijodiyot­larning rivojlanishi uchun sharoitlar yaratishga ko‘maklashish.

8. Patent idorasi o‘ziga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:

Hukumatga sanoat mulki obyektlarini, seleksiya yutuqlarini, EHM uchun dasturlarni, ma’lumotlar bazalarini, integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish sohasida davlat siyosatini shakllantirish bo‘yicha takliflar kiritadi va uni ro‘yobga chiqarishda bevosita ishtirok etadi;

sanoat mulki obyektlarini, seleksiya yutuqlarini, EHM uchun dasturlarni, ma’lumotlar baza­larini, integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish masalalari bo‘yicha qonun hujjatlarini tayyorlashda qatnashadi, shuningdek o‘z vakolatlari doirasida zarur normativ huj­jatlar qabul qiladi;

sanoat mulki obyektlari, seleksiya yutuqlariga oid muhofaza hujjatlarini berish yuzasidan buyurtmanomalarni, EHM uchun dasturlarni, ma’lumotlar bazalarini, integral mikrosxemalar topologiyalarini rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazish yuzasidan buyurtmanomalarni ko‘rib chiqish uchun qabul qiladi, ixtirolarning davlat ilmiy-texnika ekspertizasini, foydali modellar, sanoat namunalari, tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari, tovarlar kelib chiqishi joylarining nomlari davlat ekspertizasini amalga oshiradi, arizadagi obyektlarning ustuvorligini belgilaydi, seleksiya yutuqlariga oid buyurtmanomalarni rasmiy ekspertizadan o‘tkazadi, EHM uchun dasturlar, ma’lumotlar bazalari va integral mikrosxemalar topologiyalarini ro‘yxatdan o‘tkazishga oid buyurtmanomalarni davlat ekspertizasidan o‘tkazadi;

arizadagi sanoat mulki obyektlarining patentga loyiqlik shartlariga muvofiqligini aniq­lash natijalari bo‘yicha muhofaza qilish hujjatlarini berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining ixtisos­lashtirilgan tashkilotlari xulosalari asosida seleksiya yutuqlariga patentlar va guvohnomalar berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi, shuningdek  EHM uchun dasturlarni, ma’lumotlar bazalarini va integral mikrosxemalar topologiyalarini berilgan buyurtmanomalarning belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirish natijalariga ko‘ra rasmiy ro‘yxatdan yoki ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi;

sanoat mulki obyektlarini, seleksiya yutuqlarini, EHM uchun dasturlarni, ma’lumotlar bazalarini va integral mikrosxemalar topologiyalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiradi, shuningdek muhofaza qilish hujjatlarini beradi, tegishli davlat reyestrlarini yuritadi:

muhofaza qilish  va boshqa zarur hujjatlarning yagona shakllarini belgilaydi;

davlat ilmiy-texnika ekspertizasinn o‘tkazishda qatnashish uchun manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlar mutaxassislarini belgilangan tartibda jalb etadi;

sanoat mulki obyektlaridan, seleksiya yutuqlaridan, EHM uchun dasturlardan, ma’lumotlar bazalaridan, integral mikrosxemalar topologiyalaridan foydalanish huquqini berish to‘g‘risidagi litsenziya shartnomalarini, shuningdek ularni to‘liq yoki qisman berish to‘g‘risidagi yoki ularning kafolati to‘g‘risidagi shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazadi;

ro‘yxatdan o‘tkazilgan shartnomalar va litsenziyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bankini yuritadi;

Patent idorasining bulletenlarini va boshqa rasmiy nashrlarini, shuningdek sanoat mulki obyektlarini, seleksiya yutuqlarini, EHM uchun dasturlarni, ma’lumotlar bazalarini va integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish va ulardan foydalanish masalalari bo‘yicha boshqa ma’lumotlar va materiallarni  chop etishni tashkil qiladi va amalga oshiradi;

sanoat mulki obyektlarini, seleksiya yutuqlarini, EHM uchun dasturlarni, ma’lumotlar baza­larini va integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish sohasida manfaatdor shaxslarga metodik yordam ko‘rsatadi;

patent hujjatlarining davlat fondini butlash ishlarini tashkil etadi va amalga oshiradi, uning saqlanishini ta’minlaydi va uning asosida manfaatdor tashkilotlarga, mansabdor shaxslarga va fuqarolarga kutubxona-bibliografiya, ma’lumotnoma-axborot va ilmiy-metodik xizmat ko‘rsa­tishni tashkil qiladi;

o‘z faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni chop etadi;

sanoat mulki obyektlarini, seleksiya yutuqlarini, EHM uchun dasturlarni, ma’lumotlar bazalarini va integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni rivojlantirish va takomillashtirish muammolari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshiradi, davlat patent tizimini rivojlantirishning muhim istiqbolli muammolarini ishlab chiqish va hal etish uchun vaqtinchalik ijodiy ilmiy jamoalarni tashkil qiladi;

patent bo‘yicha vakolatli vakillarni attestatsiyadan va ro‘yxatdan o‘tkazishni amalga oshiradi, patent bo‘yicha vakolatli vakillarning davlat reyestrini yuritadi;

sanoat mulki obyektlarini, seleksiya yutuqlarini, EHM uchun dasturlarni, ma’lu­motlar bazalarini va integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish to‘g‘risidagi shikoyatlar va nizolarni O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq ko‘rib chiqadi;

sanoat mulki obyektlarini, seleksiya yutuqlarinn, EHM uchun dasturlarni, ma’lu­motlar bazalarini va integral mikrosxemalar topologiyalarini yaratish, huquqiy muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi kadrlarni tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etadi;

o‘z xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilish chora-tadbirlarini amalga oshiradi, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantiradi;

sanoat va intellektual mulkning hamda uni huquqiy muhofaza qilish tizimining roli va ularning davlatni iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy rivojlantirishga ta’sirini targ‘ib qilish tadbirlarnni tashkil qiladi va amalga oshiradi;

Patent idorasining vazifalariga muvofiq bo‘lgan va amaldagi qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa funksiyalarni bajaradi.

 

                          III. PATENT IDORASINIG XALQARO FAOLIYATI

 

9. Patent idorasi:

intellektual mulk huquqlarinn muhofaza qilish sohasida xalqaro hamkorlikni belgilangan tartibda amalga oshiradi hamda ushbu hamkorlik doirasida sanoat obyektlarini va intellektual mulknkng boshqa turlarini huquqiy muhofaza qilish masalalari bo‘yicha xalqaro tashkilotlar ishida qatnashadi;

o‘z vakolati doirasida O‘zbekiston Respublikasining tegishli xalqaro shartnomalari (bitimlari)dan kelib chiqadigan O‘zbekiston Respublikasi majburiyatlarining bajarilishini ta’minlaydi;

sanoat obyektlarini va intellektual mulknnng boshqa turlarnnn huquqiy muhofaza qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzish to‘g‘risida belgi­langan tartibda takliflar kiritadi, tegishli xalqaro tashkilotlar, patent idoralari va chet mam­lakatlarning boshqa tashkilotlari bilan hamkorlik qilish va shartnomalar tuzish to‘g‘risida muzokaralar olib boradi hamda Vazirlar Mahkamasining topshirig‘iga binoan mazkur shart­noma­larni imzolaydi;

xorijiy patent idoralari, xalqaro tashkilotlar va chet el axborot firmalari bilan patent hujjatlari va patent-huquqiy adabiyotlarni xalqaro almashishni amalga oshiradi, intellektual mulk huquqlarini muhofaza qilish sohasidagi chet el tajribasini o‘rganish va undan foydalanishni tashkil qiladi.

 

IV. PATENT IDORASINIG HUQUQLARI 

 

10. Davlat patent idorasi o‘ziga yuklangan funksiyalarga muvofiq quyidagi huquqlarga ega:

arizachilardan sanoat mulki obyektlari, seleksiya yutuqlari, EHM uchun dasturlar. Ma’lu­motlar bazalari va integral mikrosxemalar topologiyalari yuzasidan buyurtmanomalarga qo‘shimcha materiallarni, buyurtmanomalarni ko‘rib chiqish va davlat ekspertizasidan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha materiallarni belgilangan tartibda so‘rab olish;

sanoat mulki obyektlari, seleksiya yutuqlari, EHM uchun dasturlar, ma’lumotlar bazalari va integral mikrosxemalar topologiyalari yuzasidan buyurtmanomalarni ko‘rib chiqish bilan bog‘liq masalalarni og‘zaki muhokama qilishni tashkil etish va o‘tkazish, arizachilarni va ularning vakillarini ko‘rsatib o‘tilgan masalalarni ko‘rib chiqishda qatnashish uchun taklif etish;

intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi ishlarning ahvolini tavsiflovchi statistik va boshqa ma’lumotlarni, shuningdek Patent idorasiga yuklangan vazifalarni ro‘yobga chiqarish va unga o‘z funksiyalarini amalga oshirishi uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlarni belgilangan tartibda olish;

sanoat mulki obyektlarini, seleksiya yutuqlarini, EHM uchun dasturlarni, ma’lumotlar bazalarini va integral mikrosxemalar topologiyalarini muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni huquqiy tartibga solish masalalari bo‘yicha belgilangan tartibda takliflar kiritish;

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan yuridik jihatdan ahamiyatli ishlarni amalga oshirish uchun patent poshlinalari va boshqa soliq bo‘lmagan to‘lovlarning turlari, miqdorlari, to‘lash muddatlari va tartibi to‘g‘risida belgilangan tartibda takliflar kiritish;

patent-axborot va boshqa mahsulotlarga, shuningdek sanoat obyektlarini va boshqa intel­lektual mulk turlarini huquqiy muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi materiallar va xizmatlarga belgilangan tartibda narxlar va tariflar belgilash;

noshirlik faoliyatini amalga oshirish, intellektual obyektlarni muhofaza qilish sohasida ilmiy-metodik va axborot materiallarini, davriy nashrlarni, audiovizual va boshqa matbaa mahsulotlarini chop etish va tarqatish;

patent poshlinalarini va boshqa soliq bo‘lmagan to‘lovlarni, shuningdek turli xizmatlar ko‘rsatganlik uchun tushumlar va materiallarni o‘tkazish va keyinchalik ulardan foydalanish uchun hisob raqamlari, shu jumladan valuta hisob raqamlari ochish;

Patent idorasi tomonidan ta’sis etilgan tarkibiy bo‘linmalarni belgilangan tartibda tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish;

ixtirochilik va ijodning boshqa turlari sohasidagi ulkan yutuqlar uchun O‘zbekiston Respublikasining Faxriy unvonlarini berish to‘g‘risida belgilangan tartibda takliflar kiritish;

intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni hal etish uchun mamlakatimiz va chet el mutaxassislarini shartnomaviy asosda jalb etish;

qonunchilikda belgilangan tartibda budjetdan tashqari mablag‘lar jamg‘armalarini shakllantirish.

 

                  V. PATENT IDORASINIG JAVOBGARLIGI

 

11. Patent idorasi:

sanoat obyektlari va intellektual mulkning boshqa turlari yuzasidan buyurtmanomalarning davlat ekspertizasini o‘z vaqtida o‘tkazish, uning sifati va maxfiyligi;

patent poshlinalarini va boshqa soliq bo‘lmagan to‘lovlarni undirishdan tushgan tushumlar belgilangan qismining davlat budjetiga va Innovatsiya ilmiy-texnika faoliyatini mablag‘ bilan ta’minlash jamg‘armasiga o‘z vaqtida o‘tkazilishi;

buxgalteriya va moliyaviy hisobotning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuritilishi;

budjet mablag‘larining va patent poshlinalarini hamda soliq bo‘lmagan to‘lovlarni undi­rishdan tushgan mablag‘larning idora ixtiyorida qolgan qismidan maqsadli foydalanilishi uchun javob beradi.

 

                   VI. PATENT IDORASI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH

 

12. Patent idorasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan  va lavozimdan ozod qilinadigan Direktor boshqaradi.

Direktorning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan ikki nafar o‘rinbosari, shu jumladan bir nafar birinchi o‘rinbosari bo‘ladi.

13. Patent idorasining Direktori:

Patent idorasining faoliyatiga rahbarlik qiladi hamda Patent idorasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;

Direktor o‘rinbosarlari lavozimiga tayinlash uchun nomzodlarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi;

o‘z o‘rinbosarlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi;

Patent idorasining shtat jadvalini, ularni mablag‘ bilan taminlash xarajatlari smetasini belgilangan xodimlar soni va ish haqi fondi doirasida tasdiqlaydi;

Patent idorasining tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlaydi;

tasdiqlangan tuzilmaga belgilangan xodimlar soni va ish haqi fondi doirasida o‘zgar­tirishlar kiritish huquqiga ega;

Patent idorasi xodimlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;

Patent idorasi xodimlarining lavozim yo‘riqnomalarini tasdiqlaydi;

o‘z vakolati doirasida Patent idorasi xodimlarining bajarishi majburiy bo‘lgan buyruqlar, farmoyishlar va yo‘riqnomalar chiqaradi, ko‘rsatmalar beradi;

respublikada va chet ellarda  Patent idorasi  manfaatlarini ifodalaydi.

14. Patent idorasi faoliyatini mablag‘ bilan ta’minlash respublika budjet mablag‘lari hamda patent poshlinalari mablag‘larining va yuridik jihatdan ahamiyatli bo‘lgan ishlarni amalga oshirganlik uchun undiriladigan boshqa soliq bo‘lmagan to‘lovlarning bir qismi va qonun hujjatlari bilan tasdiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.

15. Patent idorasida Direktor (hay’at raisi), uning o’rinbosarlari (lavozimiga ko’ra), shuningdek Patent idorasi faoliyatining asosiy yo’nalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy bo’linmalari rahbarlaridan iborat tarkibda hay’at tashkil etiladi.

Hay’atning a’zolari soni va shaxsiy tarkibi Patent idorasi direktorining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

Hay’at quyidagilar bilan bog’liq masalalarni ko’rib chiqadi:

Patent idorasi faoliyatining sanoat mulkini, seleksiya yutuqlarini, elektron-hisoblash mashinalari uchun dasturlarni, ma’lumotlar bazalarini, integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish, O’zbekiston Respublikasida ilmiy-texnika, badiy-konstruktorlik va boshqa ijodiyotlarning rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratilishiga ko’maklashish sohasidagi yagona davlat siyosatini yanada shakllantirish va amalga oshirish bo’yicha ushbu Nizomda belgilangan asosiy yo’nalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;

Patent idorasi nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo’yish, tayyorlash va qayta tayyorlash;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo’yicha ijro intizomini mustahkamlash, ularning o’z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash uchun Patent idorasi rahbarlari va xodimlarining javobgarligini oshirish.

Hay’at Patent idorasi vakolatiga taalluqli boshqa masalalarni ham ko’rib chiqish huquqiga ega.

Hay’at majlisiga Patent idorasi vakolatiga kiradigan masalalar bo’yicha boshqa vazirliklar, davlat qo’mitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin.

Hay’at uning majlisida tarkibining yarmidan ko’pi qatnashgan taqdirda vakolatli bo’ladi. Ko’rib chiqilayotgan masalalar bo’yicha qarorlar oddiy ko’pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.

Hay’at qarorlari direktorning buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Direktor va hay’at a’zolari o’rtasida kelishmovchiliklar paydo bo’lgan taqdirda Direktor paydo bo’lgan kelishmovchiliklar to’g’risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hay’at a’zolari ham o’z fikr-mulohazalarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xabar qilishlari mumkin.

Hay’at faoliyati tartibi uning hay’at tasdiqlaydigan reglamentida belgilanadi. (O’zR VM 05.06.2010 y. 108-son Qarori taxriridagi 21 bandi).

16. Patent idorasida Patent idorasining arizadagi sanoat mulki obyektlari, seleksiya yutuqlari, EHM uchun dasturlar, ma’lumotlar bazalari va integral mikrosxemalar topologiyalari, muhofaza qilish hujjatlarini berishga qarshilik yuzasidan Patent idorasi qarorlariga manfaatdor jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan bildirilgan apellatsiyalarni va boshqa turdagi apel­lyatsiyalarni ko‘rib chiqish uchun Apellatsiya kengashi tuziladi.

Apellatsiya kengashi tarkibiga Patent idorasi Direktori, uning o‘rinbosarlari va bosh ekspertlar kiradi.

17. Muammolarni ilmiy tahlil qilish, sanoat mulki obyektlarini muhofaza qilish, EHM uchun dasturlarni, ma’lumotlar bazalarini va integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish bo‘yicha muhim masalalarni ko‘rib chiqish va ular yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish uchun Patent idorasida uning yuqori malakali xodimlaridan, shuningdek patentlash sohasidagi davlat organlari, tashkilotlar vakillaridan, yetakchi olimlar va mutaxassislardan Ilmiy-texnika kengashi tuziladi.

Ilmiy-texnika kengashi to‘g‘risidagi Nizom va uning shaxsiy tarkibi Patent idorasi Direktori tomonidan tasdiqlanadi.

18. Patent idorasini tugatish yoki qayta tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

  
  © O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi, 2003.