Intellektual Mulk Agentligi vakolatli davlat organi bo`lib, sanoat mulkini, jumladan ixtirolar, sanoat namunalari, foydali modellar, tovar belgilari, xizmat ko`rsatish belgilari, tovar kelib chiqqan joy nomlarini (kelgusida - sanoat mulki ob`ektlari), shuningdek seleksiya yutuqlari, elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlar, ma`lumotlar bazalari va integral mikrosxemalar topologiyalarining huquqiy muhofazasi sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi.
Intellektual Mulk Agentligi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beruvchi tashkilotdir.
Intellektual Mulk Agentligi o`z faoliyatini
Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2011 yilning 08 iyunida tasdiqlangan 166-sonli Nizom asosida olib boradi.